Internetsiz ham ishlaydi

Do‘koningiz uchun yagona tizim

Kassa, ombor, hisobotlar va biznes egasi uchun mobil ilova — barchasi bitta dasturda. Ma’lumotlar do‘koningiz kompyuterida saqlanadi, internet uzilsa ham savdo to‘xtamaydi.

  • O‘zbek tilida
  • Ko‘p kassa
  • Bulut sinxron
  • Telefonda nazorat
UNIFY ilovasi: savdo — cheklar ro‘yxati va filtrlar
UNIFY biznes egasi ilovasi: Bugun ekrani — tushum, sof foyda, cheklar va kassalar
  • Tez kassa
  • Ombor nazorati
  • Aniq hisobotlar
  • Egasi uchun ilova
Do‘kon turlari

Har bir do‘kon turiga moslashadi

O‘rnatishda do‘kon turini tanlaysiz — UNIFY kerakli bo‘limlarni yoqadi, keraksizlarini yashiradi. Ortiqcha tugma yo‘q.

Xo‘jalik mollari

Hozmak, qurilish va santexnika

  • Nakladnoy (yuk xati) chop etish
  • Yetkazib berish va yetkazmalar ro‘yxati
  • Kirimda narxni 3 xil usulda belgilash
  • Tarozi va kasr birliklar: kg, metr, m²
  • Kassada tez tovarlar paneli

Market

Oziq-ovqat, minimarket, supermarket

  • Tez kassa, ko‘p kassa bir vaqtda
  • Tarozi yorlig‘i va narx yorliqlari
  • Yaroqlilik muddati, "muddati yaqinlar"
  • Aksiyalar va chegirmalar
  • MXIK / QQS, tasnif.soliq.uz bilan to‘ldirish

Telefon do‘koni

Telefon, aksessuar va gadjetlar

  • IMEI bo‘yicha hisob va qidiruv
  • Xotira va rang variantlari
  • Kafolat talonlari va murojaatlar
  • Nasiya (bo‘lib to‘lash) jadvali
  • Trade-in: ishlatilgan telefonni qabul qilish
Tez orada

Avto zapchast

Ehtiyot qismlar do‘konlari

  • Artikul va analog qismlar
  • Mashina markasi bo‘yicha qidiruv
  • Kassa, ombor va hisobotlar — to‘liq
  • Ulgurji va chakana narxlar
Imkoniyatlar

Do‘kon uchun kerak bo‘lgan hamma narsa

Kassadan tortib hisobotgacha — alohida dasturlar va Excel jadvallarisiz.

Tezkor kassa

Shtrix-kod skaneri, tez tovarlar, naqd/karta/aralash to‘lov, qaytarish va chek bir necha soniyada.

Ombor va kirim

Kirim, qoldiq, kam qolganlar, ta’minotchilar va qarzlar. Excel’dan tovar yuklash.

Hisobotlar

Foyda-zarar, ABC tahlil, kategoriyalar, kassirlar, sotilmayotgan tovarlar.

Ko‘p kassa

Bir nechta kassa bitta do‘kon serveriga ulanadi. Smenalar, X/Z hisobot, pul harakati.

Biznes egasi ilovasi

Tushum, foyda, kassalar va nasiyalarni istalgan joydan telefonda kuzating.

Bulut sinxron

Ixtiyoriy: ma’lumotlar UNIFY bulutiga xavfsiz (HTTPS) uzatiladi — egasi uchun.

Zaxira nusxa

Avtomatik zaxira va bir tugma bilan fleshkaga nusxalash. Tiklash ham oson.

Internetsiz ishlaydi

Kassa do‘kon ichidagi tarmoqda ishlaydi. Internet qaytgach bulut o‘zi yangilanadi.

Chek dizayni

Logotip, matn, maydonlar va o‘lchamni o‘zingiz sozlaysiz. 58 va 80 mm printerlar.

Telefon orqali inventarizatsiya

Omborchi telefon kamerasi bilan sanaydi, natija serverga avtomatik tushadi.

Mobil ilova

Do‘koningiz — cho‘ntagingizda

Biznes egasi bugungi savdo, foyda, ombor va nasiyalarni telefonda ko‘radi. Sotuvchi va omborchi esa do‘kon Wi-Fi’sida ishlaydi.

← Yon tomonga suring →

  • Bugun, kecha, 7/30 kun, oy — o‘tgan davr bilan solishtirish
  • Har bir chek tafsiloti, kassa va kassir bo‘yicha filtr
  • Kechikkan nasiya mijoziga bir bosishda qo‘ng‘iroq
  • QR kod bilan ulanish, qorong‘i rejim, planshet
Google Play’daTez orada APK yuklab olish
Yuklab olish

O‘rnating va bugunoq ishlang

Kompyuter uchun bitta o‘rnatuvchi: kassa ham, do‘kon serveri ham. Telefon uchun — Android ilova.

Windows

Kassa va do‘kon serveri

Versiya: — Sana: — Hajmi: —

Tizim talablari

  • Windows 10 yoki 11 (64-bit)
  • 4 GB operativ xotira (server uchun 8 GB tavsiya)
  • 2 GB bo‘sh joy, server uchun SSD tavsiya
  • Ekran 1366×768 yoki kattaroq; termoprinter, skaner (ixtiyoriy)

Windows SmartScreen "noma’lum nashriyotchi" deb ogohlantirishi mumkin. Bu normal holat: Batafsil → Baribir ishga tushirish tugmasini bosing.

UNIFY_Setup.exe yuklab olish

Android

Biznes egasi, sotuvchi, omborchi

Versiya: — Hajmi: — Android 7.0+

O‘rnatish

  1. Telefonda unify.apk faylini yuklab oling va oching.
  2. "Noma’lum manbalardan o‘rnatish" so‘ralsa — brauzerga ruxsat bering.
  3. O‘rnatish tugmasini bosing, so‘ng ilovani oching.
  4. Admin panelidagi QR kodni skanerlang yoki manzilni qo‘lda kiriting.

Ilova faqat shu saytdan yoki Google Play’dan yuklab olinsin. Tez orada Google Play’da chiqadi.

unify.apk yuklab olish
Qanday ishlaydi

3 qadamda ishga tushadi

  1. O‘rnatish

    Do‘kondagi asosiy kompyuterga UNIFY’ni o‘rnating — u server bo‘ladi. Qolgan kassalar shu serverga ulanadi.

  2. Do‘kon turini tanlash

    Xo‘jalik mollari, market yoki telefon do‘koni — tizim kerakli bo‘limlarni o‘zi sozlaydi. Tovarlarni Excel’dan yuklang.

  3. Sotishni boshlash

    Kassirlarni qo‘shing, chekni sozlang va savdoni boshlang. Natijalarni telefoningizda kuzating.

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Internet bo‘lmasa ishlaydimi?

Ha. Kassa va ombor do‘kon ichidagi tarmoqda (kompyuter yoki Wi-Fi orqali) ishlaydi, internet kerak emas. Internet faqat biznes egasining ilovasi uchun bulut sinxroni va yangilanishlar uchun kerak. Aloqa tiklangach, ma’lumotlar o‘zi yuboriladi.

Nechta kassa ulasa bo‘ladi?

Bitta do‘kon serveriga bir nechta kassa (kompyuter) bir vaqtda ulanadi. Har bir kassaning smenasi, X/Z hisoboti va pul harakati alohida yuritiladi. Kassalar soni tarifga bog‘liq.

Ma’lumotlarim qayerda saqlanadi?

Asosiy ma’lumotlar do‘koningizdagi kompyuterda (serverda) saqlanadi — ular sizniki. Agar biznes egasi ilovasidan istalgan joydan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ixtiyoriy ravishda UNIFY bulutiga sinxronlash yoqiladi (HTTPS orqali). Batafsil: Maxfiylik siyosati.

Kompyuter buzilsa ma’lumotlar yo‘qolmaydimi?

UNIFY avtomatik zaxira nusxa oladi va uni bir tugma bilan fleshkaga ko‘chirish mumkin. Yangi kompyuterga o‘rnatib, zaxiradan tiklaysiz. Bulut sinxroni yoqilgan bo‘lsa, egasi uchun ko‘rsatkichlar bulutda ham bo‘ladi.

Telefon ilovasi nima qila oladi?

Biznes egasi: bugungi tushum, foyda, cheklar, ombor, kassalar, nasiyalar va hisobotlar. Sotuvchi: katalog, kamera bilan skan, buyurtma. Omborchi (market): telefonda inventarizatsiya. Android ilovani hozir yuklab olish mumkin, Google Play’da tez orada.

Narxi qancha?

Narx do‘kon turi va kassalar soniga bog‘liq. Avval bepul sinab ko‘ring — ariza qoldiring yoki +998 93 907 53 50 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling, sizga mos tarifni aytamiz.

Aloqa

Bepul sinab ko‘ring

Ariza qoldiring — o‘rnatishda yordam beramiz va do‘koningizga moslab sozlab beramiz.

Ariza qoldirish

SMS

Ariza matni nusxalanadi va Telegram ochiladi — uni chatga joylab yuboring. Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.